Mahalla obodligi – yurt obodligi
Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan chuqur islohotlar xalqimizning turmush tarzini yana-da yaxshilash, ular bandligini taʼminlash, aholi oʻrtasida tomorqachilik va tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish orqali kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgandir.
Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan chuqur islohotlar xalqimizning turmush tarzini yana-da yaxshilash, ular bandligini taʼminlash, aholi oʻrtasida tomorqachilik va tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish orqali kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgandir.
Prezidentimizning 21-22-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Xonobod shahrida Mahalla va oilani qoʻllab–quvvatlash vaziri R.Mamatov boshchiligida va viloyat boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
Unda vazirlik tizimdagi muammolarni chuqur tahlil etish, har bir mahalla hududida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha reja ishlab chiqish, mahalla tizimini yangicha shakllantirish boʻyicha bajariladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Amaliy seminarda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, oilalarning moddiy farovonligini yaxshilash, xotin-qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash, xonadon madaniyatini mustahkamlash, tomorqadan moʻl hosil olishga erishishda fuqarolar yigʻinlari raisi va uning oʻrinbosarlarining mavqeini oshirish masalalari keng muhokama etildi.
Ayniqsa, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asosan mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Har bir oilaning ertangi hayotining farovonligi, turmush tarzining yaxshilanishi mahalla xodimlarining oʻz ishiga qay darajada masʼuliyat bilan yondashishiga bogʻliqdir. Aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, har bir xonadonga manzilli kirib borish, ularning ehtiyojidan kelib chiqib, oʻzini-oʻzi taʼminlashga oʻrgatish boʻyicha rejali tizim yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash
vazirligi matbuot xizmati