Mahalla – moziy, bugun va kelajakni tutashtiruvchi maskan
22-mart – Mahalla tizimi xodimlari bayrami kuni
22-mart – Mahalla tizimi xodimlari bayrami kuni
Koʻpchilik mahalla haqida soʻz yuritganda uning vujudga kelishi va rivojlanishi juda qadim tarix sahifalariga borib taqalishi haqida soʻz yuritishadi. Chindan ham shunday.
“Mahalla” atamasining kelib chiqishi ham uzoq tarixga borib taqaladi va u arabcha soʻz boʻlib oʻzbek tilidagi “joy” maʼnosini bildiruvchi “
U turli mintaqalarda
Qadim zamonlardayoq yurtimizda mahallalar ijtimoiy hamkorlik maskani sifatida sharqona demokratiyaning yadrosi boʻlib xizmat qilgan. Mahalla ahli jamoaga oid masalalar hal etishdan tashqari, muhtojlarga yordam koʻrsatish, toʻy va
Bugun yurtimizda mahalla instituti rasmiy nom bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deb ataladi. Oʻzbekistonda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishning noyob usuli – ma
Mahalla instituti juda qadim tarixga borib taqaladi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda mahalla kabi oʻzini oʻzi boshqaruvchi ijtimoiy tashkilotning noyob shakli azaldan mavjud boʻlgan va shu kungacha ham saqlanib qolgan.
Bu borada Oʻzbekistonda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish uzoq tarixiy rivojlanish hosilasi boʻlib, uning shakllanishi insoniyat birlashib yashay boshlagan bronza davri (miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar) bilan bogʻliq ekanligi, dastlabki shaharlarni vujudga kelishida ham aynan mahallalar asos boʻlganligi koʻplab tarixiy manbalarda qayd etilgan.
Ushbu davrlardan oilalar birlashib yangi turmush tarzini va umumiylik, hamma uchun taalluqlilik qoidalarini shakllantirganlar.
Arxeologik maʼlumotlar Vatanimiz hududida mahalla tizimining ilk belgilari jez davriga borib taqalishini koʻrsatadi.
Xususan, Surxondaryo viloyatidagi
Bundan tashqari, miloddan avvalgi III asrdan to milodiy V asr boshlarigacha qadimgi
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, mahallalarning dastlabki belgilari jamoaviylik asosida vujudga kelgan.
Oʻrta asrlarga kelib mahalla tizimida qator oʻzgarishlar yuz berdi. Xususan, Amir Temur va temuriylar davrida mahallalarga katta masʼuliyat yuklangan. Masalan, Sohibqiron oʻz saltanatida qashshoqlar sonini kamaytirish maqsadida kambagʻal va qashshoqlarga gʻaznadan nafaqalar belgilashni mahallalar orqali amalga oshirgan.
Oʻrta asrlarda mahallalar fuqarolarning kasb-kori asosida shakllangan va shunga qarab nomlangan. Masalan, zargarlik, misgarlik, koʻnchilik, pichoqchilik, qoshiqchilik, temirchi, egarchi, taqachi va
Mahallalar qadimdan ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlashda muhim rol oʻynagan. Bu borada Alisher Navoiy oʻz davrida jamiyat tuzilishi va turli tabaqalarning turmush tarzini oʻrganar ekan, mahallalarda 32 xil ijtimoiy qatlam haqida maʼlumot beradi. Unda yuqori sinf vakillari, kambagʻallar, beva-bechoralar, yetim-yesirlar, muhtojlar, tekinxoʻrlar ham alohida koʻrsatilgan.
Jumladan, ijtimoiy qatlamlarning yigirma yettinchisini gʻarib va bechoralar, yigirma sakkizinchisini gadoylar tashkil etishini eʼtirof etadi. Alisher Navoiy bu kabi tabaqalarning qashshoqlikdan chiqishlariga koʻmaklashish va ijtimoiy muhofazalashda mahallaning oʻrni toʻgʻrisida ijodiy izlanishlar olib borib, ushbu qatlamlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yengillashtirishga koʻmaklashuvchi va barchaga birday xizmat koʻrsatuvchi 52 rabot, 16 koʻprik, 9 hammom, qator masjid, madrasa, xonaqoh va shifoxonalar qurdirib mahallalar ixtiyoriga topshiradi.
Chor Rossiyaning mustamlakachiligi davrida mahalla tizimida keskin oʻzgarishlar amalga oshirildi. Boshqacha qilib aytganda Chor Rossiyasi maʼmuriyati mahallalarni oʻz maqsadlariga, mustamlakacha boshqaruvga moslab isloh qildi. Xususan, 1903-yilda qabul qilingan “Turkiston oʻlkasini idora etish Nizomi”
Sobiq sovet hukumati davrida mahallalarga nisbatan munosabat ijobiy
Jumladan, 1920-yil boshlarida sovet hukumati mahallalar vazifasini cheklash va oʻziga boʻysundirishga intildi, bu hol mahalla faoliyatiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Turkistonda sovet hokimiyati tomonidan shahar kvartallari oʻrniga mahalla komissiyalari nomli hokimiyat instituti joriy qilindi. Ushbu komissiyalar 1922-1923-yillarda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalq komissarligi farmoyishi bilan qonuniylashtirilgan va rasmiy maqom olgan. Ularning asosiy vazifasi aholidan soliq yigʻishda moliyaviy tashkilotlarga yordam berish, hovli va ariqlarni tozalashni nazorat qilishdan iborat boʻlgan.
1932-yil 17-aprelda Oʻzbekistonda birinchi marotaba shaharlardagi mahalla qoʻmitalari toʻgʻrisida Nizom qabul qilindi. Mahalla qoʻmitasi uch kishidan (rais, oʻrinbosar va kotib) iborat boʻlib, ular umumiy yigʻilishlarda aholi tomonidan saylangan.
1941-yilda Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari soveti shaharlardagi mahalla komitetlari haqidagi Nizomning yangi tahririni qabul qiladi. Ushbu Nizom talablariga koʻra, mahalla komitetlari aʼzolari mehnatlariga hech qanday haq olmas edi. Mahalla komitetlari
Ikkinchi jahon urushi davrida mahalla baynalmilalchilik tabiatini namoyon etdi. Urush davrida mahalla qoʻmitalari armiyaga chaqiruvni tashkil etish, aholidan posilka joʻnatish, koʻchirib keltirilgan aholi va bolalarni joylashtirishda faol ishtirok etdi.
1953-yil 3-aprelda Oʻzbekiston SSR Ministrlar kengashining “Oʻzbekiston SSR shaharlaridagi mahalla (kvartal) qoʻmitalari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilinib, unda mahallalarning soliq yigʻishdagi amaliy vazifasi oʻz dolzarbligini yoʻqotdi.
1961-yilning avgustida Oʻzbekiston Oliy Kengashi tomonidan chiqarilgan “Respublika shahar, qishloq, posyolkalaridagi va ovullaridagi mahalla qoʻmitalari toʻgʻrisida”gi Nizomda ham mahallaga yuridik shaxs maqomi berilmagan edi. “Mahalla qoʻmitalari biron-bir moliyaviy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas, ular oldi-sotdi, ijaraga berish ishlarini bajarishda qatnashishlari mumkin emas” edi. Mahallaning huquq va vakolatlari cheklangan edi. Asosiy eʼtibor mahallalarni qishloq xoʻjaligi va kolxozlarga oid vazifalarni bajarishga safarbar etishga qaratilgan.
Qayta qurish davriga kelib mahallalarga nisbatan munosabat bir muncha oʻzgardi. 1990-yilning 9-aprelida ilk bor mahallar faoliyatini
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach mahallalarga nisbatan munosabat tubdan oʻzgardi. Mahallalarni qayta tiklash va rivojlantirish borasida tarixiy yangi davr boshlandi. Mahallaning nufuzini koʻtarish nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy, balki siyosiy, tarbiyaviy, ulkan maʼnaviy masala ekanligi ustuvor vazifa sifatida belgilanib, uni mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ishonchli tayanchi va taʼsirchan kuchi boʻlib xizmat qilishiga zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarishning hududiy birliklari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida mustahkamlab qoʻyildi.
Asosiy Qomusimizda belgilangan qoida asosida fuqarolarning oʻzini oʻzini boshqarishini shakllantirish jarayonlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilina boshlandi. Jumladan, 1993-yil 2-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Mahalla institutini yana-da takomillashtirish, uning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrnini tubdan oshirish borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonun keyinchalik ikki marta, yaʼni 1999-yil 14-aprelda hamda 2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabul qilindi.
1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlarga hamohang tarzda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlar doirasini kengaytirish, ularni amalga oshirish mexanizmlarini yaratish kabi masalalarni huquqiy tartibga solishda katta ahamiyat kasb etdi. Xususan, 1993-yildagi Qonunda fuqarolar yigʻinlarining 7 ta vakolati mustahkamlangan boʻlsa, 1999-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Qonunda 23 ta vakolat belgilandi.
2013-yilning 22-aprelida qabul qilingan yangi tahrirdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunida esa fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tashkiliy asoslarini yana-da takomillashtirishga, ularning vazifalari koʻlamini kengaytirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan oʻzaro yaqin munosabatlarini taʼminlashga qaratilgan normalar oʻz ifodasini topdi.
Jumladan, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan yoshlarga, shu jumladan, ularga nikoh tuzishda va toʻy tadbirlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatish, hududda joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil boʻlish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida maslahat markazlari tashkil etishga oid vakolatlar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevralda qabul qilingan “Mahalla institutini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, ularning
2019-yil 2-aprelda qabul qilingan “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining
Ayni paytda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevralda qabul qilingan “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yana-da qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni fuqarolar yigʻinlariga xos boʻlmagan funksiyalar yuklatilayotganligi, ularning boshqa quyi idoralar bilan hamkorligi tizimli yoʻlga qoʻyilmaganligi, oila, xotin-qizlar va keksalarga yordam koʻrsatishning yaxlit tizimi mavjud emasligi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samarali natija bermayotganligi jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish va qonun ustuvorligini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatayotganligini inobatga olib, mazkur sohada maqsadli hamda manzilli chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Xususan, aholi osoyishtaligini taʼminlash, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va
birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) boʻlinmalari tashkil etildi;
ikkinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla” oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etish taklifi kiritildi;
uchinchidan, fuqarolar yigʻini raisi besh yil muddatga saylanishi haqidagi taklif maʼqullandi;
toʻrtinchidan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yuklatilgan, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini takrorlovchi, ortiqcha va xos boʻlmagan 46 ta hamda xuddi shunday profilaktika (katta) inspektorlariga yuklatilgan 13 ta vazifa hamda funksiyalari qisqartirildi.
beshinchidan, mahalla institutining jamiyatimiz ijtimoiy-maʼnaviy hayotida tutgan oʻrnini hisobga olib, soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 22-mart sanasini “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari kuni” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullandi.
Bu esa 2020-yil 2-martdagi “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni qabul qilinishiga asos boʻlib xizmat qildi.
Zero muayyan kasb va soha egalariga davlat tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor va eʼtirofning ramzi sifatida ularning kasb bayrami kunini nishonlash muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq shu kunga qadar fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari kuni belgilanmagan edi.
Fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari kunining belgilanishi bu sohaga, xususan uning zahmatkash xodimlarining mehnat faoliyatiga nisbatan davlatimizning alohida eʼtibori va gʻamxoʻrligining amaliy ifodasidir.
Fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari kunining 22-mart sanasiga belgilanishining ham oʻziga xos ramziy sabablari mavjud.
Xususan, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarning tub negizida xalqimiz tabiatiga mos boʻlgan hamda ongu- tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgan bunyodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikka intilish kabi ezgu fazilatlar mujassam boʻlib, ular tabiatning uzviy va ajralmas qismi sifatida yasharish va yangilanish fasli boʻlmish bahor bilan, Navroʻz bayrami bilan uzviy bogʻliq.
Ushbu faslda mahalla-koʻy bir-biriga qalb-qoʻrini bagʻishlab yashash, bemorlar, yetim-yesirlarning holidan xabar olish, tabarruk keksalarimizning duosini olishga intilish, kundalik turmushda uchrab turadigan
Xalqimizga xos ushbu milliy anʼanalar esa ming yillik tarixga ega mahallalarimizda shakllanib, ardoqlanib kelmoqda
Qolaversa, 21-mart kuni Sharq xalqlarida boʻlgani singari bizning yurtimizda ham sharqona yangi yil – Navroʻz bayrami sifatida nishonlanadi.
22-mart – kecha bilan kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanish, bahorning boshlanish davriga toʻgʻri keladi.
Navroʻz bayrami va mahallalarni bir-biridan ayro tasavvur etib boʻlmaydi. Navroʻz bayrami haqida soʻz yuritilganda beixtiyor koʻz oldimizga sharqona mahallalar keladi. Qadim-qadim zamonlardayoq Navroʻz bayrami mahalla oqsoqollari va
Shu sababli 22-mart kuni, yaʼni Navroʻz bayramidan keyingi kunning fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari kuni sifatida nishonlanishi aslida qoʻshaloq bayram hisoblanadi.
Fursatdan foydalanib, mahalla tizimi xodimlarini bugungi bayram bilan tabriklaymiz hamda oilalar mustahkamligi, aholi salomatligi, xonadon va koʻchalarning obodligi, mahalla xavfsizligi, yoshlar tarbiyasi, bandlik, maʼnaviyat va maʼrifat kabi sohalardagi keng koʻlamli masʼuliyatli, ayni paytda ezgu va sharafli ishlarida omadlar tilaymiz.
Xayrulla QILICHEV,
yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori
(IIV Akademiyasi)