Mahalla jamiyat tayanchi
Bizning mahallamiz tuman markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Karmana tuman boʻlimi tomonidan hududdagi aholi soni koʻp va tuman markazidan olis boʻlgan 11 ta mahalla fuqarolar yigʻinlariga ish samaradorligini yana-da oshirish maqsadida yangi kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Aytish joizki, Yurtboshimiz tomonidan mahalla institutini yana-da takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash jamiyatimiz hayotida mahallaning rolini kuchaytirishga qaratilayotgan alohida eʼtibor yuqori samara bermoqda.
– Bizning mahallamiz tuman markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahalla fuqarolari koʻp yillardan buyon kommunal toʻlovlarni toʻlash uchun tuman markaziga kelishga yoʻl haqi va ortiqcha vaqt sarflayotgan edilar. Aholiga bu borada qulaylik yaratish maqsadida mahalla binosida “Agrobank” OATB tuman filiali tomonidan kommunal toʻlovlar qabul qiluvchi kassa apparati oʻrnatilganligi va hududiy pochta xizmati yoʻlga qoʻyilganligi fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklariga barham berdi. Bugun berilgan yangi kompyuter jamlanmasi esa mahalla faollari ishini yana-da yaxshilashga xizmat qiladi, – deydi “Degaron” MFY raisi Hikoyat Tolipova.
Natijada mahalladagi 680 ta xonadonda yashayotgan 3020 nafardan ziyod fuqaro haqida elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va hamkor tashkilotlar bilan himoyalangan elektron hujjatlar aylanmasi imkoni mavjud boʻladi.