Mahalla fidoyilari taqdirlandi
Toshkent shahar hokimligida 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda poytaxtning ilg‘or va namunalari mahallalari faollari, nuroniy va oqsoqollar, faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov mamlakatimizda mahallalar faoliyatini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga yaqindan ko‘maklashish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda Mahalla tizimi xodimlari kuni joriy etilgani, mahallalar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani aholi manfaatlarini himoyalashda, ishsizlikka barham berishda muhim omil bo‘lmoqda.

Tadbirda bir qator mahalla faollariga Vatanimizning orden va medallari, “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi.

N.Usmonova, O‘zA