Madyar Orban hukumati davridagi xususiylashtirish bo‘yicha tergov boshlaydi
Vengriyaning yangi Bosh vaziri Peter Madyar 1988-2000-yillar oralig‘ida tasdiqlangan xususiylashtirish bitimlari bo‘yicha tergov o‘tkazilishi, shuningdek sotsialistik davrdagi davlat xavfsizlik agentlari arxivi to‘liq ochilishini e’lon qildi.
Hujjatlar shu yil kuzda, 1956-yilgi Vengriya inqilobining 70 yilligi munosabati bilan ochiqlanadi.
Madyar ta’kidlashicha, tergov o‘sha davrdagi ishbilarmonlar, partiyaning nufuzli shaxslari va razvedka xizmati o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash maqsadini ko‘zlaydi. Uning fikricha, oshkor qilinadigan arxiv Vengriyaning hozirgi hukmron va iqtisodiy elitasi qanday shakllanganini aniqlashga yordam beradi.
Bundan tashqari yangi yetakchi sobiq Bosh vazir Viktor Orbanning atrofidagilarni tanqid qilib, uning boshqaruvi ostidagi oligarxlar o‘z mablag‘ini ommaviy ravishda BAA, AQSH va Urugvayga o‘tkazganini da’vo qildi.
S.Rahimov, O‘zA