Madaniy sohadagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida milliy madaniyat va san’atni ravnaq toptirish borasida olib borilayotgan tub ijobiy o‘zgarishlarda xalqaro hamkorlik muhim o‘rin egallaydi. Sohada olib borilayotgan islohotlar doirasida xalqaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Bu boradagi muhim qadamlardan yana biri — mamlakatimiz madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning Checheniston madaniyat vaziri Ayshet Qodirova bilan uchrashuvi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ikki xalq madaniyat vazirlari uchrashuvida festivallar, teatr va muzeylar faoliyatini yanada rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan ahamiyatli va muhim bo‘lgan fikr-mulohazalar hamda takliflar bildirildi.

Vazirlik axborot xizmati ma’lum qilishicha, samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, o‘zaro tajriba almashish orqali turizm salohiyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
N.Usmonova,
O‘zA