Mablag‘ uch yildan so‘ng egasiga qaytarildi
Karmana tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Katta-machit" MFY "Xoso-qo‘rg‘on" ko‘chasi 76-uyda yashovchi fuqaro Yusuf Qurbonov 2019 yilning 20 may kuni tuman pochta aloqa bo‘limi orqali abonent iste’mol qilgan tabiiy gaz uchun 1000 m3ga 326 ming so‘m to‘lov qilgani, ammo kunlar o‘tsa-da, tuman gaz bo‘limining “billing” bazasida amalga oshirilgan to‘lov summasi ko‘rinavermayotgani xususida iste’molchi sifatida buzilayotgan huquqlarining himoyalanishida yordam so‘rab murojaat qildi.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaatni o‘rganish davomida haqiqatdan ham fuqaro to‘lagan 326 ming so‘m mablag‘ "O‘zbekiston pochtasi" AJ Karmana tuman markaziy aloqa bo‘limi xodimi Z.D.ning aybi bilan kirim qilinmasdan qolib ketganligi aniqlandi. Izsiz ketgan mablag‘ egasiga qaytarildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA