Ma’nan va jismonan chiniqish maskani
Jizzax olimpiya zaxiralari sport kollejida yoshlarning jismoniy mahoratini yuksaltirish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Jizzax olimpiya zaxiralari sport kollejida yoshlarning jismoniy mahoratini yuksaltirish uchun barcha sharoit yaratilgan.Sport maskanining kurash seksiyasiga 40 dan ziyod o‘g‘il-qiz jalb etilgan. Malakali murabbiylar mashg‘ulotlarda jismoniy mashqlar bilan birga yoshlarni yuksak ma’naviyatli etib tarbiyalashga, ularda vatanparvarlik, jasurlik va fidoyilik fazilatlarini yuksaltirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda.
Arabboy Mamasiddiqov, Zuhra Hayitboyeva, Yulduz Suyunduqova, Jamshid To‘xtayev singari tarbiyalanuvchilar mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.