Lolalar “zavqi” qimmatga tushdi...
Qonunbuzarlarning bu harakati tabiatga, oʻsimlik dunyosiga 11 million 707 ming 500 soʻm zarar yetkazgan deb hisoblanmoqda va tegishli tartibda koʻrib chiqish uchun hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, boshqarmaning bir guruh inspektorlari joriy yilning 21-aprel kuni Yakkabogʻ tumani togʻli hududlarida nazorat reyd tadbiri oʻtkazganda koʻplab qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Jumladan, Yakkabogʻ tumani Tatar MFY “Suvlisoy” qishlogʻidan “Zarmast” qishlogʻiga Qizildaryo daryosi boʻylab ketuvchi yoʻlda damas rusumli davlat raqami 70 S 242 FA avtomashinada Shaxrisabz tumani “Toʻdamaydon” qishlogʻida yashovchi avtomashina haydovchisi Oʻroqov Shaxboz Rabbim oʻgʻli va sheriklari Ergashev Jasur Abdirashidovich, Husanov Shaxboz Sherali oʻgʻli, Roʻzimurodov Umrzoq Qurbonovich, Botirov Elshod Zokirovich, Oʻroqov Uchqun Jamol oʻgʻli, Abdullayev Mirzo Nasurali oʻgʻli deb oʻzlarini tanishtirgan shaxslar Yakkabogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi oʻrmon fondi yerlaridan jami 105 tup Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, tobora kamayib ketayotgan Ulugʻvor lola (Tyulpan velikiy (Tulipaingens T.M.Hoog) oʻsimligini noqonuniy yulib-terib olganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Qonunbuzarlarning bu harakati tabiatga, oʻsimlik dunyosiga 11 million 707 ming 500 soʻm zarar yetkazgan deb hisoblanmoqda va tegishli tartibda koʻrib chiqish uchun hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Xuddi shunday yana bir holat Yakkabogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi “Toshqoʻrgʻon” boʻlimi hududidan oqib oʻtuvchi “Qizildaryo” daryosida Yakkabogʻ tumani “Tatar” qishlogʻida yashovchi fuqarolar Kenjayev Abdixalim Toshtemirovich, Yusupov Bexruz Dilshod oʻgʻli deb tanishtirgan shaxslar tomonidan baliq ovlash taqiqlangan vaqtda 2 dona maxsus leska toʻrlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga va Xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (CITES)ning ilovalariga kiritilgan Amudaryo gulbaligʻi (Farel) va 2 dona Moybaliq (Marinka)lar ovlaganligi, bundan tashqari oʻrmon fondi yeridagi qalin archazorlar ichida yuqoridagi koʻrsatilgan manzilda yashovchi Kenjayev Jontemir Toshtemirovich ismli shaxs oʻziga tegishli 2 dona taqiqlangan tuzoq (mahalliy nomi jela)larda 2 bosh kakliklarni noqonuniy ovlaganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Mazkur aniqlangan holatlar boʻyicha tabiatga, hayvonot dunyosiga 108 million 110 ming 400 soʻm yetkazilgan zarar hisoblanib tegishli tartibda koʻrib chiqish uchun prokuratura organlariga toʻplangan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Shu oʻrinda bir mulohaza ona tabiatni asrash, uni muhofaza qilish, uning hayvonot va oʻsimlik dunyosiga oʻzboshimchalik bilan ziyon yetkazish haqida qancha gapirilmasin, aytilmasin baribir noqonuniy brokanerlik harakati toʻxtamayapti. Bu birgina bir martalik reyd jarayonida aniqlangan holat va reyd tadbirini har doim ham boʻlavermasligini hisobga olsak, togʻli hududlarda bu turdagi jinoyatlarning aniqlanmagani qancha. Qonunni buzib, jarimasini toʻlasak, hukumat kechirar balki, ammo tabiat bizni kechirarmikan...