“Lokomotiv” durang o‘ynadi
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasidagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi.
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasidagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi.
“С” guruhida o‘ynayotgan “Lokomotiv” futbol klubi ikkinchi turni o‘z maydonida Eronning “Fulad Xuziston” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda “temiryo‘lchi”lar dastlabki daqiqalardan hujumkor o‘yin namoyish etdi. Bu o‘yinning 6-daqiqasida o‘z samarasini berdi. Oleg Zoteyev raqib darvozasini aniq nishonga oldi – 1:0. Ammo 32-daqiqada Mehrdod Jamaatiy hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning qolgan daqiqalarida darvozalarga to‘p kiritilmadi.
“Lokomotiv” 17-mart kuni bo‘lib o‘tadigan uchinchi tur bahsida “Al-Sadd” (Qatar) jamoasi mehmoni bo‘ladi.