Log‘onda DXM filiali ish boshladi
Mustaqilligimizning 30 yilligi shodiyonalari davom etayotgan shu kunlarda Farg‘ona tumani Log‘on qishlog‘ida Davlat xizmatlari markazi filiali ish boshladi.
Farg‘ona tuman Davlat xizmatlari markazi direktori Davlatyor Ortiqovning aytishicha, ushbu filial hududdagi 43 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, mobil xizmatlar uchun maxsus avtobus tashkil qilinib, mahalla ahli va tadbirkorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratildi.
[gallery-3786]
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA