“Lochinlar” jamoasi – tanlov g‘olibi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi tashabbusi bilan viloyatdagi kuch tuzilmalarining yosh harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida “Zahiriddin Muhammad Bobur – umumarmiya yoshlar nigohida” intellektual tanlovi o‘tkazildi.

Buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar aqliy va jangovar salohiyatini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Lochinlar” jamoasi tanlov g‘olibi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar “Qalqon” va “Shijoat” jamoalariga nasib etdi.
[gallery-16016]
Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA