Liviyada otishma: mahbuslar qochdi
Liviya poytaxti Tripoli sharqidagi Tajura shahrida joylashgan qamoqxonadan juda ko‘p mahbus qochib ketdi, deb xabar tarqatdi shahar sudi politsiyasi.
Avvalroq mahalliy “Al Wasat” gazetasi bir necha joyda qurolli harakat sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.
Bayonotda keltirilishicha, “Al-Judayda” turmasi yonida kechgan shiddatli to‘qnashuv natijasida mahbuslar vahimaga tushgan va sarosima holatida qamoqxonadan qochgan.
Ularning aksari og‘ir jinoyatda ayblangan kimsalar.
“Ean Libya” nashri manbalarga tayanib ma’lum qilishicha, ushbu hodisadan so‘ng Liviya poytaxti xalqaro aeroportiga parvozlar Tripoli sharqidagi Misurata shahriga yo‘naltirilgan.