Layma Vladson Misrda chempion bo‘ldi
Misrning Sharm-el-Sheyx shahrida o‘tkazilgan tennis bo‘yicha W15 toifasidagi xalqaro turnirda hamyurtimiz Layma Vladson juftlik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz musobaqada misrlik tennischi Yasmin Ezzat bilan tandemda ishtirok etib, turnir davomida barqaror va ishonchli o‘yin namoyish etdi.
Final uchrashuvida ular musobaqaning birinchi raqamli saralangan juftligi - neytral tennischi Dariya Zelinskaya va slovakiyalik Radka Zelnichkova duetiga qarshi kortga chiqib, 7:4, 3:6, 10:6 hisobida zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, Layma Vladson o‘tgan hafta yakunida aynan ushbu shaharda o‘tgan juftlik bellashuvlarida vitse-chempionga aylangan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA