KXDR yetakchisi Rossiyaga yetib keldi
Rossiya Tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri, KXDR bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha komissiya rahbari Aleksandr Kozlov bugun, 12 sentyabr kuni Rossiyaga kelgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni kutib odi.
Oliy martabali mehmon Primore o‘lkasida, Tumannaya daryosi ustidagi ko‘prikda qarshilangan. Bu haqda vazirning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Moskva va Pxenyanning mustahkam do‘stligi 75 yildan beri davom etib kelmoqda.
“O‘tgan davrda biz nafaqat qo‘shni, balki eng yaqin hamkor sifatida bir-birimizni qo‘llab kelmoqdamiz”, deya qayd etgan Kozlov.
Avvalroq Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning Kim Chen In bilan uchrashuvi yaqin kunlarda Uzoq Sharqda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.
O‘zA