Teatr hamisha ibrat va tarbiya maskani bo‘lib kelgan. Har bir teatr tomoshasi insonni ezgulikka, yomonliklardan yiroq bo‘lishga, muayyan hayotiy xulosalar chiqarishga undaydi.

Shu kunlarda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida “Kuyovning omonati” nomli spektaklning premerasi bo‘lib o‘tmoqda. Komediya janridagi ushbu sahna asari dramaturg Hayitmat Rasul qalamiga mansub.

Unda bugungi kunda insonlar orasida keng quloch yoyayotgan kredit mashmashalari, ayrim hoyu havasga berilgan, oqibatda yaqinlarini tashvishga qo‘ygan kimsalar hayoti aks etadi. Spektakl teatr bosh rejissyori Doston Haqberdiyev tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, teatrning mahoratli ustoz aktyorlari hamda yosh aktyor va aktrisalari tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan.

—  Asarda o‘zbek xonadonidagi sodda bir insonning kuyovi omonat qilib qoldirgan pulni asrash jarayonidagi sarguzashtlari o‘z ifodasini topadi, — deydi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri bosh rejissyori Doston Haqberdiyev. — Kuyov bu pulni ayolining orzu-havasi, tug‘ilgan kunini o‘tkazish uchun bankdan kredit sifatida oladi. Spektakl davomida bugun arzimagan bir maishiy ehtiyojlari uchun ham kredit olib, o‘zini qiyin ahvolda qoldirayotgan insonlar taqdiri ko‘rsatib beriladi. Komediya janridagi bu achchiq haqiqat orqali insonlarni hoyu havasga berilmaslikka undash maqsadi ko‘zda tutilgan.  

Spektakl ham kulgili, ham o‘yga toldiradigan vaziyatlari bilan tomoshabinlarning e’tibori va olqishiga sazovor bo‘ldi. Sahna ko‘rinishi premerasi shu yilning 14 apreliga qadar davom etadi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LkHZxFaAx_U" title="“Kuyovning omonati” — kredit mashmashalari aks etgan komediya" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,

Anvar Ahmedov (video, montaj), O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kuyovning omonati” — kredit mashmashalari aks etgan komediya (+video)