Kun xabarlari qisqa satrlarda
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi koʻrgazmalar saroyida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga bagʻishlangan “Ranglar jilosida – ona diyor” mavzusida koʻrgazma ochildi.
***
Jizzax viloyati Zomin tumanida “Yulduzcha” nomli 4-davlat maktabgacha taʼlim muassasasi ish boshladi.
***
“Ictweek Uzbekistan 2019” haftaligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida Fargʻona tumanidagi 28- hamda 9-umumtaʼlim maktablariga 10 tadan 20 dona zamonaviy kompyuterlar va printerlar taqdim etildi.
***
***
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan Urgut tumanida 10-14 yoshli hamda 15-18 yoshli yoshlar oʻrtasida “IT competition” tanlovi oʻtkazildi.
***
Navoiy viloyat mahallalar kengashi binosida “Xalqchil institut va samarali faoliyat” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.
***
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasida ommaviy axborot vositalari vakillariishtirokida “NKMKda mahalliylashtirish dasturi: yutuqlar, natijalar va muammolar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.