“Kumushkon”ning kumush novvoti
Navoiy viloyatining Karmana tumani “Kumushkon” mahalla fuqarolar yig‘inida mamlakatimizda yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan ishbilarmonlar ko‘p.
Navoiy viloyatining Karmana tumani “Kumushkon” mahalla fuqarolar yig‘inida mamlakatimizda yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan ishbilarmonlar ko‘p.Bobur Orziqulov bir yil avval novvot ishlab chiqarish sexini tashkil etgan edi.Ayni paytda bu yerda 1 oyiga o‘rtacha 6 tonna novvot tayyorlanmoqda.
— Shakarni novvot holatiga keltirish uchun 7 kun vaqt kerak, - deydi B. Orziqulov. —80 kg. shakardan 70 kg. novvot chiqadi. Qiyomidan parvarda tayyorlanadi. Mahsulotlarimizning bozori chaqqon. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirganmiz.