Kubok bahslariga tayyorgarlik qizg‘in
Joriy yilning 27-29 avgust kunlari poytaxtimizdagi MXSK majmuasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri kubogining respublika final bosqichi bahslari bo‘lib o‘tadi.
Uch kun davom etadigan final bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida saralangan o‘g‘il va qizlar yettitadan vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqadi.

Bugun mazkur kubok musobaqalari o‘tadigan sport majmuasida tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi va sport zaldagi mavjud holat yana bir bor ko‘zdan kechirildi. Unda hududlardan keladigan sport jamoalarni joylashtirish, hakamlarga kerakli shart-sharoitlarni yaratish kabi qator masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, saralash bahslari har kuni soat 10:00 dan boshlanadi. Turnirning tantanali ochilish marosimi esa 28 avgust kuni soat 16:30 da o‘tkaziladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA