Kubaro Hakimova Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga ega chiqdi
Parij shahrida o‘tayotgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi F41 klassi bo'yicha yadro uloqtirish bahslarida Kubaro Hakimova ishtirok etdi.
Kubaro unda 10.36 metr natija qayd etdi va Paralimpiya o‘yinlarining kumush medali bilan taqdirlandi. Ushbu yo‘nalishdagi ikkinchi para atletimiz Madina Muxtorova 8.10 metr natija qayd etdi va sakkizinchi o‘rindan joy oldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining hisobidagi medallar soni 2 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA