Krishtianu Ronaldu yana bir rekord o‘rnatdi
"An-Nasr"da umumiy gollar bo‘yicha "Arab Pelesi" nomi bilan tanilgan Majid Abdulla yetakchi sanaladi.
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" tarkibida rekord natija qayd etdi.
Saudiya Arabistoni Pro-ligasining navbatdagi tur uchrashuvida Krishtianu Ronaldu gol urib jamoasining g‘alabasiga tamal toshini qo‘ydi. Ushbu gol portugaliyalik futbolchining "An-Nasr" tarkibida kiritgan 124-goli bo‘ldi va u klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi. Avvalgi to‘purar esa Muhammad Al-Sahlavi hisoblanar edi. U riyodliklar tarkibida 123ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan edi. Bu natija “transfermarkt” portali omonidan tasdiqlangan bo‘lsa-da, aslida "An-Nasr"da umumiy gollar bo‘yicha "Arab Pelesi" nomi bilan tanilgan Majid Abdulla yetakchi sanaladi. U Riyod klubi safida barcha turnirlarda 259ta gol urishning uddasidan chiqqan.
Ronaldu yetakchiligidagi "An-Nasr" ayni vaqtda Saudiya Arabistoni Pro-ligasida yakka hokimlik qilmoqda.