Kredit majburiy tartibda undirildi
Shu sababli undirish qoʻshimcha qarzdorlarning garovga qoʻyilgan 4 ta “Neksiya”, 1 ta “Kobalt” va 1 ta “Spark” rusumli avtoransportlariga qaratildi va belgilangan tartibda xatlandi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining 2019-yil 9-sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Tulpor Dizayn” masʼuliyati cheklangan jamiyati va qoʻshimcha qarzdorlardan undiruvchi “Agrobank” Aksionerlik tijorat banki Davlatobod filiali foydasiga 306 million 411 ming soʻm kredit qarzi hamda davlat foydasiga 12 million 256 ming soʻm davlat boji undirish belgilangan edi.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Namangan tumani boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” gi Qonunning 23, 86-moddalariga asosan qaror qabul qilingan va nusxasi taraflarga yuborilganiga qaramay, qarzdorlar ijro hujjati talabini bajarmay keldi.
Shu sababli undirish qoʻshimcha qarzdorlarning garovga qoʻyilgan 4 ta “Neksiya”, 1 ta “Kobalt” va 1 ta “Spark” rusumli avtoransportlariga qaratildi va belgilangan tartibda xatlandi.
Garovdagi avtotransportlar belgilangan tartibda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdolar orqali sotuvga qoʻyilib, tushgan pul mablagʻlardan 256 million 440 soʻm kredit qarzdorligi, 12 million 256 soʻm davlat boji, 6 million 123 soʻm ijro yigʻimi uchun yoʻnaltirildi.