Kosovo mustaqilligi tan olindi
Grenada orol davlati hukumati Kosovo mustaqilligini tan oldi.
Grenada orol davlati hukumati Kosovo mustaqilligini tan oldi. Bu haqda Serbiya tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachichning bayonotida maʼlum qilingan.
Regnum agentligi xabarida taʼkidlanishicha, Grenada Kosovoni mustaqil davlat sifatida eʼtirof qilgan toʻqqizinchi mamlakat boʻldi. Belgradda Grenada tashqi ishlar vaziri Peter Deyviddan tegishli notani qabul qilib olgan Dachich buni “yirik diplomatik muvaffaqiyat” deb atadi. Bungacha Kosovo mustaqilligini Dominikan, Surinam, Liberiya, San-Tome va Prinsipi, Gvineya-Bisau, Burundi, Papua-Yangi Gvineya va Lesoto kabilar tan olgan.