Korxonaning ishlab chiqarish quvvati oshiriladi
FOTOREPORTAJ
“Namangan-Xitoy” biznes forumi ishtirokchilari Yangi Namangan tumanidagi “Mexmash” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.
[gallery-17034]
Korxona bugungi kunda 500 dan ortiq turli o‘lchamdagi shurup hamda rulonli qog‘oz ishlab chiqarmoqda. Bu yerga 2008-2024-yillarda 30 million AQSH dollar miqdorida investitsiya kiritilgan.
2025-2030-yillarda esa yangi loyihani amalga oshirish uchun 11,7 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida qo‘shimcha 420 ta yangi ish o‘rni yaratiladi va korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati hozirgi 20 ming tonnadan 32 ming 900 tonna tayyor mahsulotga yetkaziladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA