Korxona rahbari 669 ming jarima toʻlaydi
Bu haqda Qonlikoʻl tuman maʼmuriy sudi raisi JanatAymagʻanbetova OʻzA muxbiriga maʼlum qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan “Alimbetov Jaxangir Kuandik uli” xususiy korxonasi rahbari Jahongir Alimbetov karantin qoidasini buzib, kompyuter oʻyinlari xizmatini koʻrsatayotganligi aniqlandi.
Bu haqda Qonlikoʻl tuman maʼmuriy sudi raisi JanatAymagʻanbetova OʻzA muxbiriga maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan mamlakatimiz hududida barcha koʻngilochar obyektlar, shu jumladan, kompyuter oʻyinlari xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik faoliyati toʻxtatildi. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin davrida ayrim fuqarolarimiz tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilmaslik holatlari uchrayotgani achinarli. Bugungi kunda kompyuter xizmatini koʻrsatish inson salomatligi uchun xavfli boʻlsa ham “Alimbetov Jaxangir Kuandik uli” xususiy korxonasi rahbari huquqbuzarlik sodir etgan.
Bu boʻyicha toʻplangan hujjatlar Qonlikoʻl tuman maʼmuriy sudi tomonidan koʻrib chiqilib, xususiy korxona rahbari Jahongir Alimbetovga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 54-moddasi bilan 669 ming soʻm jarima jazosi tayinlandi.