Korxona ishchilari - yoshlar
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi “Orianna yarns textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati yiliga 750 tonna akril kalava iplari ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi “Orianna yarns textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati yiliga 750 tonna akril kalava iplari ishlab chiqarish quvvatiga ega.Korxonada mehnat qilayotgan 150 ishchining aksariyati yoshlardir.
– Buxoro muhandislik-texnologiya institutini bitirganman, – deydi laborant Nodira Mehmonova. – Mahsulot sifati uchun mas’ulman. O‘z ishimdan, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlardan manunman.