Korxona ishchilari — kollej bitiruvchilari
Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi “Yangiobod chevarlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati bolalar va kattalar uchun zamonaviy dizaynda kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi “Yangiobod chevarlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati bolalar va kattalar uchun zamonaviy dizaynda kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Kuniga uch yarim ming kiyim-kechak tayyorlash quvvatiga ega korxonaning 20 turdagi mahsuloti bozorda xaridorgir. Bu yerda mehnat qilayotgan 86 nafar ishchining deyarli barchasi kasb-hunar kollejini bitirgan yigit-qizlardir. Jamiyat ish yurituvchisi Lutfullo Mamazaripovning aytishicha, kuniga uch ming metr mato to‘qiydigan dastgohlar keltirilib, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanmoqda. Bu yana yigirmata ish o‘rni ochish imkonini beradi.