Korrupsiyaning oldini olish dolzarb vazifa
Navoiy viloyat sudi sudyalari tashabbusi bilan viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokimlikning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida “Korrupsiya hamda zo‘ravonlikning oldini olishda fuqarolar yig‘inlari xodimlari oldida turgan vazifalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
“Korrupsiya” hamda “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik” mavzusi keyingi paytlarda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur illatlarga nisbatan odamlarda ko‘nikma shakllanib qolishining oldini olish va unga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bu borada asosiy maqsadlardan biri sanaladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Korrupsiya jinoyat qonunchiligida o‘zi mustaqil jinoyat tarkibi bo‘lmay, balki bir qator mansabga oid jinoyatlarni qamrab oluvchi umumlashgan tushuncha ekanligi, uning tarkibiga mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator jinoyatlar kirishi, korrupsiya, eng avvalo, inson huquqlarini ta’minlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqarishi va fuqarolarning davlat boshqaruvi idoralariga bo‘lgan ishonchini yo‘qolishiga olib kelib, uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga zamin yaratishi va insonlarning xavfsizligiga tahdid solishini ta’eidladi.
Shuningdek, seminarda joriy yilning 25 noyabr - 10 dekabr kunlari zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaritilgan 16 kunlik kampaniya o‘tkazilayotgani, unda sud tizimi xodimlari ham faol ishtirok etib, islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan har qanday tadbir aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Seminarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida tayyorlangan slayd va videoroliklar orqali tinglovchilar e’tiboriga yetkazildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Aziza Ro‘ziyeva,
Navoiy viloyat sudi jamoatchilik va OAVlar bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti
O‘zA