Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, jamiyatimizda bu illatga nisbatan murosasiz kurashni shakllantirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
“O‘zmilliybank” AJ Xorazm viloyati boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, shu jumladan, faoliyat turlarini raqamlashtirish va inson omilini bartaraf etish masalalari yuzasidan fikrlashildi
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, olib borilayotgan ishlar, korrupsiya uchun javobgarlik masalalari, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda mazkur yo‘nalishdagi xorijiy tajribalar haqida ma’lumot berildi. Bank rahbariyati tomonidan faoliyat ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarning oldini olish va bartaraf etish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tizimini joriy etish hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tilga olindi.
[gallery-14794]
– Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati va ish jarayonlari shaffofligini oshirish, ishga qabul qilish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashdir. Xususan, ana shunday tadbirlardan biri sifatida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni oldidan 25 noyabrdan 2 dekabrga qadar “Aksilkorrupsiya haftaligi” o‘tkazilishi belgilangan. “O‘zmilliybank” ushbu jarayonlarni tizimli xalqaro standartlar talablari asosida olib bormoqda, – deydi “O‘zmilliybank” AJ Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ravshan Iskandarov. – Qayd etishimiz lozim, bo‘lim o‘z faoliyati davomida korrupsion xatti-harakatlar sodir etilganda gumon qilingan holatni ham o‘rganib, tegishlicha xizmat tekshiruvini o‘tkazib kelmoqda. Korrupsiyaga bag‘ishlangan bu kabi tadbirlar xodimlarimizda ishga bo‘lgan mas’uliyatni yana bir karra oshirish bilan birga, ishga vijdonan yondashishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida bank mas’ullari va huquq-tartibot idoralari vakillari savollarga javob berdi.
Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov(surat), O‘zA muxbirlari