Koronavirus Oʻzbekistonga qachon kirib kelgan?
– Oʻzbekiston hududida birinchi bemor 2020-yil 15-mart kuni qayd etildi.
Bu savolga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
– Oʻzbekiston hududida birinchi bemor 2020-yil 15-mart kuni qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval kirib kelgan boʻlishi ham mumkinligini inkor etmaymiz. Biz sarhisobni birinchi aniqlagan bemordan boshladik. Shundan keyin statistik raqamlar shakllandi.