Koronavirus ijtimoiy tarmoqlarda
Butun dunyoda oʻzini yakkalash va karantin koronavirus tarqalishiga qarshi kurashning yagona vositasi deb eʼtirof etilgan.
Butun dunyoda oʻzini yakkalash va karantin koronavirus tarqalishiga qarshi kurashning yagona vositasi deb eʼtirof etilgan.
Oʻzbekistonda pandemiyaga qarshi kurashish uchun misli koʻrilmagan choralar koʻrildi, koʻplab ijtimoiy institutlar, korxonalar va tashkilotlar faoliyati toʻxtatildi. Koronavirus hatto uncha tarqalmagan joylarda ham pandemiya bilan bogʻliq holat jamiyat ongiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Oʻzbekistonda birinchi kasallanganlarni aniqlashdan oldin ommabop ijtimoiy tarmoqlarda oʻnlab kasallanganlar toʻgʻrisida “feyk” axborotlar tarqalgan edi. Ayrim blogerlar hatto Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligidan vaziyat boʻyicha kunlik hisobotlar taqdim etishni ham talab etdi. Bu keng koʻlamli muammoga aylanib, ayrim davlatlarda koronavirus boʻyicha yolgʻon maʼlumotlarni tarqatganlik uchun shak-shubhasiz jazo ham qoʻllanildi.
Xoʻsh, oʻzbekistonliklar koronavirus va karantin haqida qanday fikrda? Buni aniqlash uchun ijtimoiy tarmoqlar, saytlarda foydalanuvchilar maʼlumotlarini hamda ayrim izohlarni tahlil qilamiz.
Izoh qoldirayotganlarning aksariyati koronavirus sogʻliqqa juda xavfli ekanligiga ishonadi. Odamlar davlatimiz tomonidan oʻrnatilgan karantin talablarini bajarishga, uyda qolishga va oʻzini saqlashga chaqirmoqda, karantinni buzganlarni qoralashmoqda.
“Karantinni buzganlarga nisbatan yana-da jiddiyroq javobgarlik belgilash lozim. Oʻzining xatti-harakatlari bilan ular nafaqat oʻz qarindoshlarining, balki meni yaqinlarimning sogʻligʻini ham xavf ostiga qoʻymoqda”, – deb “Facebook” ijtimoiy tarmogʻida yozadi S.Moʻminova.
Hamyurtlarimiz xalq tabobati vositalari koronavirusni davolashda va uning profilaktikasida samarali boʻlishiga ishonmaydi. Ular koʻproq shifokorlar va anʼanaviy tibbiyotga ishonadi.
“Agar kasal boʻlganingizni sezsangiz, hushingizni yoʻqotib, sizni tez yordam olib ketishini kutmay, shifokorga murojaat qiling”, – deb izoh qoldirdi T.Ergasheva.
Axborot saytlarida qoldirilayotgan izohlarga baho bersak, oʻzbekistonliklarning aksariyati epidemiyani jilovlash uchun davlatimiz rahbariyati tomonidan koʻrilgan choralarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Davlat organlari va ommaviy axborot vositalarining pandemiyaga qarshi kurashga yoʻnaltirilgan faoliyati toʻgʻrisidagi maqolani izohlab, Huseyn ismli foydalanuvchi ular tomonidan odamlar karantinga rioya qilib, oʻzining va atrofdagilarning sogʻligʻini saqlab qolishi uchun barcha ishlar qilinmoqda, deb taʼkidlaydi.
Oʻzbekistonda koʻrilgan choralarni boshqa mamlakatlar qoʻllab-quvvatlamoqda va maʼqullamoqda. Buni MDH davlatlari orasida oʻzini yakkalash indeksining eng yuqori koʻrsatkichi – 4,4 ball Toshkentga tegishli ekanligi ham isbotlaydi. Ushbu koʻrsatkich Yandeks jamoasi tomonidan oʻzini yakkalash darajasini baholash uchun kiritildi. Kompaniya tahlilchilari besh ballik maxsus indeksni hisoblab chiqdi. Ball qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik koʻp odam oʻzini yakkalash tartibiga rioya qiladi. Mamlakatimizdagi bu yutuqlar davlatimiz saʼy-harakatlari va fuqarolarimizning birdamligi natijasidir.
Mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari shifokorlarni qoʻllab-quvvatlab, ularga rahmat aytmoqda. Ular fidokorona mehnat va kasbiy xavfni eʼtirof etmoqda.
“Barcha tibbiyot xodimlariga katta rahmat, bemorlarga esa tezroq tuzalib ketishni tilab qolaman”, – deb tuzalgan fuqarolar haqidagi maqolaga izoh qoldirdi Roman ismli foydalanuvchi.
“Qisqa fursatda shifoxonalardan barcha chiqishini kutib qolamiz. Shifokorlar, borligingiz uchun rahmat! Sizlarga sabr va kuch-quvvat tilayman!”, – deb yozdi Zoxir.
Marat ismli foydalanuvchi mustahkam sogʻliq va uzoq umr tilab qoladi. Barchamiz, albatta, bu tilaklarga qoʻshilamiz.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda karantin qoidalarini buzib, javobgarlikka tortilganlar, shaxsiy avtomobildan foydalanishga qoʻyilgan cheklovdan norozi boʻlgan avtomobil egalari tomonidan qoldirilgan postlar va izohlar ham koʻp.
Yana bir bor eslatib oʻtamiz, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga binoan fuqarolar oʻzini yakkalashi COVID-19 ga qarshi kurashishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bunga Xitoy, Shimoliy Koreya misolida ham amin boʻlish mumkin.
Yurtimizda koʻrilayotgan barcha choralar bizni oʻylab koʻrilayotganini unutmasligimiz lozim. Keling, uyda qolib, barcha talablarga qatʼiy rioya qilaylik!