Ko‘pchilik OTMda an’anaviy o‘qishni yoqlagan
Talabalar va ularning ota-onalari orasida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda boshlash bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 2020 yil 19-21 oktyabr kunlari onlayn ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.
O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda boshlashni xohlovchilar 345 428 nafar – 82 foizni, masofaviy shaklda davom ettirishni xohlovchilar 75 808 nafar – 18 foizni tashkil etdi.
Talabalar va ularning ota-onalari bildirgan takliflar inobatga olinib, har bir oliy ta’lim muassasasining, o‘quv kursining xususiyatidan kelib chiqib, o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich 2020 yil 16 noyabr – dushanba kunidan an’anaviy ta’lim shaklida davom ettiriladi.
O‘zA