Konsullik sohasida Oʻzbekiston - Turkmaniston vazirliklararo maslahatlashuvlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi navbatdagi konsullik maslahatlashuvi videokonferensaloqa orqali boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi navbatdagi konsullik maslahatlashuvi videokonferensaloqa orqali boʻlib oʻtdi.
Muzokaralarda ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari konsullik xizmatlari, huquqni muhofaza qilish organlari va diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.
Doʻstona, konstruktiv va xayrixoh muhitda kechgan maslahatlashuvlar chogʻida tomonlarni qiziqtirgan bir qator konsullik masalalari va ayni yoʻnalishdagi ikki tomonlama hamkorlik istiqboli batafsil muhokama qilindi.
Migratsiya sohasidagi hamkorlik, mavjud ikki tomonlama shartnomalar qoidalarini amalga oshirish masalalariga, ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqboliga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida idoralararo hamkorlikni faollashtirish va konsullik, huquqiy va migratsiya sohalarida hamkorlikni yana-da kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi.