Konstitutsiyaviy islohotlarga munosabat (vidyeo)
Ma’lumki, shu yil 25 iyun kunidan boshlab “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.
bugungi kunda mazkur Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda, idora va tashkilotlar vakillari, mutaxassislar, fuqarolar ertamizga daxldor bo‘lgan ushbu dolzarb masala yuzasidan o‘z munosabatini, fikr va takliflarini bildirib, faollik ko‘rsatmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida eng faol ishtirokchilardan biridir. Har bir siyosiy kuch o‘z partiyaviy pozitsiyasidan, elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, takliflar bildirmoqda. Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ko‘zda tutilayotgan o‘zgarish va yangilanishlarga o‘z munosabitini taqdim etayotir.
Bu borada O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari To‘lqin To‘raxonov ham mazkur siyosiy jarayonlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6W8wx1QkQgI" title="Konstitutsiyaviy islohotlarga munosabat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>