Konstitutsiya – farovon hayotimiz asosi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi Namangan viloyatida ham keng nishonlanmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan bayramda dastavval mehmonlar Adliya, Milliy gvardiya va sport boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishdi.
[gallery-14967]
Tadbirini ochib bergan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan belgilab qo‘yilgan huquqlarimiz haqida so‘z yuritdi. “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” tamoyili asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va yangilanishlar kiritilgani xalqimiz farovonligi, yurtimiz tinchligi uchun xizmat qilishini alohida qayd etdi.
Badiiy chiqishlar, estrada xonandalari hamda yosh ijrochilarning kuy-qo‘shiqlari, qardosh xalqlar raqslari tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik baxsh etdi.
Bayram tadbirlari shahar va tumanlarda davom etmoqda.
O‘zA fotomuxbiri Hotam MAMADALIEV olgan suratlar