Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi
Toshkent davlat agrar universitetida Bosh qomusimizning yurtdoshlarimiz hayotida tutgan o‘rniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Qishloq xo‘jaligi xodimlarining bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi tadbirda 2023 yil 30 aprelda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiya “Inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilgani, jumladan, unda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy majburiyati etib belgilangani va shu munosabat bilan inson huquqlari kafolatlari jiddiy ravishda kuchaytirilgani haqida ta’kidlab o‘tildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan ushbu tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz davlatimiz taraqqiyotining huquqiy poydevori ekani qayd etildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA