O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan Navoiy davlat universiteti San’at va sport fakulteti hamkorligida “Ko‘ngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 maydagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida “Ekologik madaniyat – sog‘lom jamiyat poydevori!” shiori ostida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqanlar bu kabi tanlovlar nafaqat ekologik madaniyatni yuksaltirishga, balki yoshlarning ijodiy fikrlashini, ona tabiatni qadrlash tuyg‘usini rivojlantirishga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlashdi. 

Tanlovda universitetda tahsil olayotgan talabalar tabiatni asrash, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik va inson qalbi bilan atrof-muhit uyg‘unligini o‘z rasmlarida aks ettirdi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan g‘olib va faol ishtirok etgan talabalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Ko‘ngil ekologiyasi” nafaqat san’at tanlovi, balki inson qalbida tabiatga mehr, atrof-muhitga e’tibor, jamiyatga mas’uliyat hissini uyg‘otuvchi ezgu tashabbus sifatida yodda qoldi.

A.Bo‘riyev, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ko‘ngil ekologiyasi” ijodiy tanlovi o‘tkazildi