Kompleks birikmalar kimyosining dolzarb muammolari
O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zFA Umumiy va noorrganik kimyo instituti hamda O‘zFA O.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti bilan hamkorlikda akademik, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor Parpiyev Nusrat Agzamovich tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Kompleks birikmalar kimyosining dolzarb muammolari” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

–Akademik Nusrat Parpiyev respublikamizning jamoat ishlarida faol qatnashib kelgan. O‘zbekiston kimyogarlar jamiyatining raisi, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlantiruvchi kengash Prezidiumining a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy attestatsiya komissiyasi Prezidiumining a’zosi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maxsus kengashi a’zosi, O‘zbekiston kimyo jurnali redkollegiyasi a’zosi va O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlari axborotnomasi jurnalining “Ximiya va biologiya” seriyasining bosh muharriri sifatidagi ishlari bunga yorqin misol bo‘la oladi,– dedi O‘zMU rektori I.Majidov..

Akademik Nusrat Parpiyev ijodi va uning xorijiy va respublika miqyosdagi ilmiy ishlari hamkasblari, shogirdlari va izdoshlari tomonidan xotirlandi. Anjuman mobaynida akademik, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek kimyogarlarining so‘nmas yulduzi, hayotda ham ilmda ham ustoz bo‘lgan akademik Nusrat Parpiyevning ijodiy faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA