Kollejda adabiyot va san’at haftaligi
Muxtor Ashrafiy nomidagi Buxoro san’at kollejida 600 nafar o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda.
Muxtor Ashrafiy nomidagi Buxoro san’at kollejida 600 nafar o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda.Kollejda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, san’at kechalari muntazam tashkil etiladi. Shu kunlarda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 575-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan adabiyot va san’at haftaligida shoir hayoti va ijodi bilan yoshlarni yanada keng tanishtirish, asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.