Klublar oʻrtasida jahon chempionati start olmoqda
9-dekabr kuni “Santyago Bernabeu” stadionida Libertadores kubogi-2018 gʻolibi aniqlangach klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari nomi maʼlum boʻlib ulgurgandi.
9-dekabr kuni “Santyago Bernabeu” stadionida Libertadores kubogi-2018 gʻolibi aniqlangach klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari nomi maʼlum boʻlib ulgurgandi.Ertaga Birlashgan arab amirliklarining Abu-Dabi hamda Al-Ayn shaharlarida besh qitʼaning eng kuchli klublari jahonning eng yaxshi jamoasini aniqlash uchun bahslarga kirishadi. Demak bu yilgi musobaqada “Real Madrid” (Ispaniya, Yevropa), “Kashima Antlers” (Yaponiya, Osiyo), “Esperans De Tunis” (Tunis, Afrika), “Gvadalaxara” (Meksika, Shimoliy Amerika), “Tim Vellington” (Yangi Zelandiya, Okeaniya), “River Pleyt” (Argentina, Janubiy Amerika) hamda mezbon – “Al-Ayn” jamoalari gʻoliblik yoʻlida bahslashadilar. UYEFA Chempionlar ligasining 6-tur oʻyinlari doirasida ertaga SSKA (Moskva) jamoasiga qarshi bahs olib boradigan “Real” klubi bahslarga yarim finaldan qoʻshiladi.
Musobaqa taqvimi:
Oʻtish bosqichi
12-dekabr
“Al-Ayn” (BAA) – “Tim Velington” (Yangi Zelandiya)
Chorak final
15-dekabr
“Kashima Antlers” (Yaponiya) – “Gvadalaxara” (Meksika)
“Esperans De Tunis” (Tunis) – Oʻtish bosqichi gʻolibi
5-oʻrin uchun
18-dekabr
Chorak final 1-oʻyin magʻlubi – Chorak final 2-oʻyin magʻlubi
Yarim final
18-dekabr
“River Pleyt” (Argentina) – Chorak final 2-oʻyin gʻolibi
19-dekabr
Chorak final 1-oʻyin gʻolibi – “Real Madrid” (Ispaniya)
3-oʻrin uchun va finali oʻyinlari esa 22-dekabr sanasiga belgilangan. Eslatib oʻtamiz, musobaqaning amaldagi gʻolibi “Real Madrid” jamoasi sanaladi. Darvoqe, oʻtgan yilgi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sovrini “qirollik klubi”ning xorvatiyalik legioneri Luka Modrichga nasib etgandi. Shu maʼnoda joriy yil jahonning eng yaxshi futbolchisi nomini ham Modrich qoʻlga kiritganidan ajablanmasak boʻladi, chunki Madrid klubining 10-raqami sohibi bu yoʻlga ilk qadamni oʻtgan yili qoʻyib boʻlgandi.