“Kitoblar karvoni” yana yorugʻ manzillarda
Maktabda oʻtkazilgan mushoira kechalarida eng koʻp sheʼr aytgan oʻquvchilarga oʻqituvchilarimiz kitob sovgʻa qilishar, sovgʻa qilingan kitoblar har gal menga ham nasib qilardi.
Oʻquvchilik davrimda bobomning tushlik uchun bergan tanga pullarini ishlatmasdan yigʻib yurardim. Tushlikka esa papkamga uydan non- choy solib olardim. Yiqqan pulimga dam-badam tuman markazidagi kitob doʻkoniga borib, kitob sotib olardim. Maktabda oʻtkazilgan mushoira kechalarida eng koʻp sheʼr aytgan oʻquvchilarga oʻqituvchilarimiz kitob sovgʻa qilishar, sovgʻa qilingan kitoblar har gal menga ham nasib qilardi.
Ularni akam, opam, uka-singillarim bilan qoʻldan qoʻymay ehtiyotlab oʻqirdik. Ayniqsa, oʻzim ularni koʻz qorachigʻimday asrardim. Oilada koʻpchilik boʻlganimiz uchun doim ham yoqtirgan kitobimni sotib olishga pulim boʻlavermasdi. Borini avaylab, qayta-qayta oʻqir edim. Abdulla Oripovning “Yillar armoni”, Erkin Vohidovning “Yoshlik devoni” toʻplamlari oʻqila-oʻqila varaqlari titilib ketar edi. Oʻsha kitoblar hali- hamon uyimdagi kitob javonidan tushgani yoʻq.
Bugun yurtimizda yoshlarimizni kitobxonlikka jalb etish, ularni kitob bilan doʻst, adabiyotga oshno qilishdek ezgu ishlar boshlangan bir paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi ham oldingi saflarda turib, ana shunday ustozlarimiz va yosh ijodkorlarimizning kitoblarini “Ijod” fondi tomonidan nashr ettirib, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari kutubxonalariga begʻaraz sovgʻa qilmoqda.
Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilayotgan kitoblarni va mualliflarni oʻquvchilar orasida keng targʻib qilish, kitoblarni oʻz vaqtida kitobxon oʻquvchilarga yetkazish maqsadida “Adib va jamiyat”, “Adabiy doʻstlik – abadiy doʻstlik”, “Soʻz chamani”, “Birinchi kitobim” loyihasida chop etilgan hamda “Saylanma” kitoblaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari kutubxonalariga 76 nomdagi 30 mingdan ortiq kitob begʻaraz tarqatildi. Xuddi shunday 80 nomdagi 71 500 ta kitob “Kitoblar karvoni”dan joy olib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi taʼlim muasasalariga yetkazib berildi.
Ushbu kitoblar oʻzining oʻqishliligi, maktab oʻquvchilarining sinfdan tashqari mutolaa darslarida foydalanishiga qulayligi bilan ajralib turadi. Ixcham kitoblar bolalarimiz uchun har doim yonlarida olib yurib, oʻqishlari uchun moʻljallangan. Maktab kutubxonalariga kirib borgan ushbu kitoblar bolajonlarning ertangi kunda ilmli, zukko, ona yurt shaʼnini himoya qila oladigan, Vatanimiz ravnaqiga hissa qoʻshadigan komil insonlar boʻlib yetishishida ularga beminnat ustoz boʻladi.

Farogʻat Xudoyqulova,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.