Kitob – inson maʼnaviyati koʻzgusi!
Unda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin Azam ishtirok etdi.
Bojxona institutida tahsil oluvchi kursantlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib etish, ijodga layoqatli yoshlarni aniqlash va ularning ijod namunalarini chop etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Kitob – inson maʼnaviyati koʻzgusi” mavzusida maʼnaviy – maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin Azam ishtirok etdi.
Tadbirda beshta muhim tashabbusi Vatanga, xalqqa xizmat qiladigan fidoiy avlodni tarbiyalashga qaratilganligi, ushbu tashabbusda aynan kitob mutolaasi orqali inson maʼnaviyati yuksaklikka erishishi alohida qayd etildi.
Bugun kitob mutolaasiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor xalqning tarixi, kelajagiga qaratilgan eʼtibordir, zero inson kitob oʻqish orqali oʻzligini anglaydi, milliy gʻurur tuygʻusi shakllanadi va unda bugungi globallashuv sharoitida turli zararli axborot oqimining taʼsiriga qarshi immunitet shakllanadi hamda oʻz pozitsiyasi, mustaqil dunyo qarashga ega, oʻz oldiga toʻgʻri marra qoʻyadigan boʻlib shakllanadi.
Tadbir davomida “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan koʻchma kitob yarmarkasi tashkil etildi.