Kilian Mbappe tarixiy natijaga erishdi
U 1970-yilda Gerd Myuller erishgan natijadan buyon bunday ko‘rsatkichni qayd etgan ilk futbolchi bo‘ldi.
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Angliyaga qarshi uchinchi o‘rin uchun bahsda dubl qayd etib, JCH–2026dagi gollari sonini 10 taga yetkazdi.
Shu tariqa, Mbappe Jahon chempionatining bitta turnirida 10 va undan ko‘p gol urgan tarixdagi to‘rtinchi futbolchiga aylandi. U 1970-yilda Gerd Myuller erishgan natijadan buyon bunday ko‘rsatkichni qayd etgan ilk futbolchi bo‘ldi.
Bir Jahon chempionatida eng ko‘p gol urgan futbolchilar:
Jyust Fonten (Fransiya, 1958) — 13 gol;
Shandor Kochish (Vengriya, 1954) — 11 gol;
Gerd Myuller (G‘arbiy Germaniya, 1970) — 10 gol;
Kilian Mbappe (Fransiya, 2026) — 10 gol;
Eysebio (Portugaliya, 1966) — 9 gol.