Kichik sexdan zamonaviy fabrikagacha
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, asosan MDF eshiklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Xovandamir holding” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2015 yilda kichik sex sifatida faoliyatini boshlagan edi. O‘tgan davrda ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mehnat jamoasiga malakali mutaxassislarni jalb qilish, mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish orqali korxona yirik fabrikaga aylandi.
[gallery-27142]
Mijozlar tanlovi uchun 200 turdan ortiq eshik modellarining keng assortimenti mavjud korxonada yuzdan ortiq ishchi mehnat qilmoqda. “Muhtasham” brendi ostidagi mahsulotlar mamlakatimizning barcha hududlari bo‘ylab yetkazib berilmoqda.
Bundan tashqari bugungi kunda korxonada 10 ga yaqin modelda MDF plintus, cheksiz ranglar va keng turdagi modellarga ega devor fasadlari hamda temir eshiklar ishlab chiqarilyapti. Ayni paytda korxona jamoasi tomonidan tayyor mahsulotlarning eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘tgan yili Tadbirkorlar kuni arafasida fabrika asoschisi Husniddin Gaffarov davlatimiz rahbarining farmoyishiga binoan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA