“Kelajakka bugundan qadam”: urgutlik öquvçilar NMZda
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va Urgut tumanidagi Abdusaid Köçimov kutubxonasi hamkorligida taşkil etilgan “Kelajakka bugundan qadam” loyihasi doirasida Navoiyga taşrif buyurgan urgutlik öquvçilar Navoiy maşinasozlik zavodida bölişdi.
Iştirokçilar zavodning yirik sexlarida bölib, korxonada iş jarayonlari va işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş böyiça olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdilar.
Bugungi kunda korxonada 3,5 ming nafardan ortiq muhandis-texnologlar, metallurglar, mexaniklar, konstruktorlar va boşqa kasb egalari fidokorona mehnat qilişmoqda.
Zavodda tayyorlanayotgan öta yuqori oğirlikdagi, yuksak sifatli metall konstruksiyalar, uskuna va jihozlar hamda turli ölçamdagi ehtiyot qismlariga talab tobora oşib bormoqda.
Navoiy maşinasozlik zavodi mahalliylaştirilgan va import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş böyiça respublikada yetakçi korxona hisoblanadi. Mahalliylaştiriş dasturi doirasida 2025-yilda 103 ta loyiha böyiça 1,1 trillion sömdan ortiq mahalliylaştirilgan mahsulotlar işlab çiqarilgan bölsa, 2026-yilda esa 123 ta loyiha böyiça 1,8 trillion sömdan ortiq mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan.
Zavodda kombinat gidrometallurgiya zavodlari uçun zamonaviy şarli tegirmonlar, gidrotsiklon va konveyer qurilmalari, nasoslar, quyiltirgiçlar, nostandart uskunalar, metallkonstruksiyalar va boşqa turdagi mahsulotlar işlab çiqarilmoqda. Mahalliylaştiriş dasturi doirasida 2025-yilda 103 ta loyiha böyiça 1,1 trillion sömdan ortiq mahalliylaştirilgan mahsulotlar işlab çiqarilgan bölsa, 2026-yilda esa 123 ta loyiha böyiça 1,8 trillion sömdan ortiq mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan.
Zavodning quymaçilik sexi korxonaning asosiy, tayanç işlab çiqariş bölinmalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 662 nafar muhandis-texnik va işçi-xodim mehnat qilmoqda. Malakali mutaxassislar mehnati, zamonaviy texnologiyalar va mahalliylaştiriş imkoniyatlaridan samarali foydalaniş esa zavodning işlab çiqariş salohiyatini yanada yuksaltirişga zamin yaratmoqda. Bu yerda asosan quyma mahsulotlar işlab çiqariladi. Quymaçilik sexida örnatilgan 25 tonnalik zamonaviy peç esa metall eritiş quvvatini 30 ming tonnadan 35 ming tonnagaça oşirdi.
Öquvçilar zavodning Mexanika-yiğuv sexida ham bölişdi.
– Öquvçilarimiz bilan zavodning bir neçta sexlarida böldik, – deydi Urgut tumanidagi 65-maktab öqituvçisi Islom Murodov. – Maʼlum qilişlariça, sexni texnik va texnologik qayta jihozlaş natijasida oğirligi 980 tonnagaça bölgan tegirmonlar, yançiş uskunalari, nasoslar, quyultirgiçlar işlab çiqariş va ularni taʼmirlaş, oğirligi 400 tonnagaça bölgan yirik ölçamdagi jihozlarga işlov beriş imkoni yaratilibdi. Gidravlika uskunalari işlab çiqariş uçastkasida poliuretan mahsulotlarini quyiş uçun yangi qurilma örnatilibdi. Yangi işlab çiqariş obʼektlarining foydalanişga topşirilayotganligi sababli kombinat bölinmalarining metall konstruksiyalar, jihozlar va ehtiyot qismlarga bölgan ehtiyojlari kundan-kunga ortib boryapti. Natijada Mexanika-yiğuv sexining yirik hajmli dastgohlarga işlov beriş uçastkasi kengaytirilmoqda. Zamonaviy dastgohlar örnatiladigan uçastkani joriy yil yakuniga qadar işga tuşiriş möljallangan. Bu maʼlumotlar barça öquvçilarimiz uçun foydali böldi.
Zavoddagi Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda taşkil etilgan Işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va innovatsion rivojlantiriş markazi öquvçilarda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda 2024-yilda universitet kafedrasi taşkil etilgan bölib, talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştirgan holda olib borişadi.
– Kuni keça Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetidagi taʼlim jarayonlari, u yerda olib boriladigan ilmiy-tadqiqot işlari, talabalarning yaşaş şaroitlari bilan tanişdik, – deydi 37-maktab öquvçisi Tohirjon Nosirov. – Bugun esa yirik sanoat korxonalaridan biri bölgan Navoiy maşinasozlik zavodida bölib, işlab çiqariş jarayonlarini bevosita kuzatdik. Işçilar bilan suhbatda böldik. Uşbu markazda talabalarning oliy taʼlim muassasasida olgan nazariy bilimlarini bugun qanday qilib amaliyotda joriy etayotganliklarini, uni mustahkamlayotganliklarini öz közimiz bilan kördik. Ayrim tengdoşlarim jarayonlarni körib, kelgusida kombinat bölinmalarida işlaşni rejalaştirganliklarini aytişmoqda. Men ham kelgusida Navoiyda tahsil olib, uşbu korxonada işlamoqçiman.
Loyiha doirasida zavodning madaniyat va sport majmuasida “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi taşkil etildi.
Unda zavod faoliyatiga oid videorolik namoyiş qilinib, korxona haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
[gallery-32345]
Albatta, Navoiy maşinasozlik zavodida amalga oşirilayotgan işlar korxonaning işlab çiqariş salohiyatini oşiriş bilan birga, Navoiy viloyati va mamlakat sanoati uçun zarur bölgan maşinasozlik mahsulotlarini özlaştiriş, yangi iş örinlari yaratiş va işlab çiqariş kooperatsiyasini yanada rivojlantiriş uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Uçraşuvda iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob oldilar.
A.Böriyev, S.Aslonov (surat), ÖzA muxbirlari