“Kelajak egalari” tanlov g‘olibi
Buxoroda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Buxoroda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.Viloyat adliya boshqarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan va yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan tanlovda Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya hamda Toshkent davlat stomatologiya institutlari Buxoro filiallari jamoalari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarning bilimi, dunyoqarashi, o‘z fikri va g‘oyalarini ifoda etish mahorati tezkor savol-javob, sahnada tafakkur sinovi, yoshlar dasturi – talabalar nigohida kabi shartlar bo‘yicha baholandi.
Buxoro davlat universitetining “Kelajak egalari” jamoasi g‘olib deb topildi va tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.