“Kelajak bunyodkori” medali sohibi Sardorbek 500 nafar yoshga IT sohasidan ta’lim bermoqda (+video)
Bugungi kunda global mehnat bozori va iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan tarmog‘i bu - axborot texnologiyalari. Raqamli dunyo nafaqat chegaralarni yo‘qotmoqda, balki zamonaviy yoshlar uchun mutlaqo yangi, yuqori daromadli va erkin faoliyat maydonini taqdim etmoqda.
Mamlakatimizda ham IT sohasiga bo‘lgan qiziqish minglab yigit-qizlarning hayotini tubdan o‘zgartirayotgan katta ijtimoiy harakatga aylanib ulgurdi. “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Sardorbek Turdaliyevning IT sohasiga qiziqishi talabalik davridanoq boshlangan. Tanishining kompyuterini ijaraga olib, IT ni mustaqil ravishda onlayn o‘rgangan.
Keyinchalik dasturchi bo‘lib ishga kirgan. Dastlabki yillarda daromadining asosiy qismini shaxsiy ehtiyojlariga emas, moddiy-texnik bazani rivojlantirishga yo‘naltirdi. Bugun esa u tashkil etgan markazda 500 nafar yoshlar IT sohasida ta’lim olib kelmoqda.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/83Imd3FabfI?si=wBKIrOsPaWnST2dT" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj)
O‘zA muxbiri