Kasb mahoratini oshirish omili
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori oliy o‘quv dargohlarida ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirishda, tizimda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim markazlari. muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda yangi imkoniyatlarni ochmoqda.
Birinchi Prezidentimizning 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida modernizatsiyalash maqsadida bugungi kunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xorijiy tajribalar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv reja va dasturlari takomillashtirilmoqda.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori oliy o‘quv dargohlarida ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirishda, tizimda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim markazlari. muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda yangi imkoniyatlarni ochmoqda.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham pedagoglarning kasb darajasi va malakasini oshirish, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash shakli va usullarini takomillashtirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur oliy ta’lim muassasasi huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi rahbari Ismoil Bulanovning aytishicha, oliy ta’lim maskanlarining me’yoriy-huquqiy asoslari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayoniga AKTni qo‘llash, xorijiy til amaliyoti, tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar yo‘nalishlarida pedagog kadrlarning bilimlarini boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur oliy o‘quv yurtida mutaxassislik sohalari bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish texnik mashina va jihozlar, yengil sanoat texnologiyasi hamda matbaa yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda. Malaka oshirish kurslarida o‘qitish tizimining ilg‘or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida mashg‘ulotlar olib borilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Pedagoglarni amaliyotda qo‘llanilayotgan ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari bilan doimiy tanishtirib borish, sohaga oid so‘nggi yangilik va ma’lumotlarni muntazam tahlil qilib, o‘rganib, sharhlab borish amaliyot va o‘quv jarayonining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Institutda hozir tekstil, poligrafiya, nashriyot-matbaa faoliyatiga oid o‘n ikkita ishlab chiqarish korxonasi bilan shartnoma asosida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Nazariy bilimlarni amalda qo‘llash uchun zamonaviy to‘qimachilik va matbaa korxonalarida ko‘chma mashg‘ulotlar sifatida amaliy mashg‘ulotlar ham olib borilmoqda
Mazkur institutda o‘qituvchilarning kasb malakasini oshirish reja asosida olib borilmoqda. Bunda pedagogning ish staji, malaka oshirish uchun belgilangan vaqt oralig‘i, kasb mahorati kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlardan taklif qilingan yetakchi mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Germaniyaning "Print Promotion" kompaniyasi, Italiyaning Milan politexnika universiteti, Italiya moda sanoati palatasining mutaxassislari ishtirokidagi malaka oshirish kurslari va boshqa tadbirlar pedagoglarni ilg‘or xalqaro tajriba bilan tanishtirish, jahon oliy ta’lim tizimidagi o‘quv va amaliyot jarayonidagi uyg‘unlikdan xabardor etishda katta rol o‘ynamoqda.
– Bugungi talabalar ilg‘or fikrlaydigan, global tarmoqda jahondagi ilm-fan, texnologiyalar, ta’limga oid yangiliklardan xabardor, xorijiy tillarni puxta egallagan yoshlar, – deydi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining tikuv buyumlari konstruksiyasi fani o‘qituvchisi Nozima Ortiqova. –Pedagog kadrlarning kasb malakasini oshirish kurslarining belgilangan reja asosida tashkil etilgani darslarni yanada sermazmun o‘tishida, mutaxassislik bo‘yicha yangiliklardan, ishlab chiqarish jarayoni, undagi texnik va texnologik yangilanishlardan muntazam xabardor bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Sankt-Peterburg texnologiya va dizayn universiteti, Moskva politexnika universiteti, Janubiy Koreyaning Djong Bu universiteti, Texnologiyalar instituti, AQShning Kaliforniya politexnika universiteti kabi oliy ta’lim maskanlarida ham pedagog xodimlarning malaka oshirishini tashkil qilish rejalashtirilgan.