Karate ustalari Toshkentda bahslashdi
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi hamda Milliy karate federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro turnirda uch yuzdan ziyod sportchi kuch sinashdi.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi hamda Milliy karate federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro turnirda uch yuzdan ziyod sportchi kuch sinashdi.«O‘zbekiston» sport majmuasida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida yoshlar va kattalar kata – kompleks mashqlarni bajarish va kumite – yakkama yakka bellashuv yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalarda qatnashdi.
Turnirda sportchilarimizdan Yusuf Badalov, Sadriddin Saymatov, Samar Hamroyev, Kamron Ozodov, Abdulaziz Otaboyev, Sayfiddin Usmonov, Hilola Badalova, Barno Mirzayeva, Dilnoza Yusupova kabi iste’dodli yigit-qizlar o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.