Kanadada noma’lum kasallik epidemiyasi qayd etildi
Kanadaning Nyu-Brunsvik viloyatida noma’lum kasallik epidemiyasi aniqlandi, deb xabar berdi The New York Times nashri.
Neyropatolog Nil Kashmanning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarga tez rivojlanayotgan demans va ruhiy kasalliklar tashxisi qo‘yilgan. Bemorlarda miya va o‘murtqa tanani boshqarish qobiliyatini yo‘qotish kabi xavfli belgilar ko‘zatilmoqda.
"Odamlar xavotirda, ular bu ekologik jihat bilan bog‘liqmi yoki irsiy kasallikmi? Sifatsiz go‘sht yoki baliq va boshqa biron bir narsadan keldimi? Hammamiz aniq javob olishni istaymiz", - dedi epidemiyadan zarar ko‘rgan shaharlardan birining meri Ayvon Godin.
Eslatib o‘tamiz, kasallik birinchi marta 2015 yilda paydo bo‘lgan. O‘sha paytdan beri 48 kishi ushbu kasallikka chalingan bo‘lib, oltitasi o‘lim bilan tugagan. Mutaxassislar uyqusizlik, xotirani yo‘qotish, charchoq va gallyutsinatsiya alomatlari yuzaga kelishi haqida ma’lum qilgan. Ammo shifokorlar hali ham aniq tashxisni aniqlay olmayapti.